AsosiyDunyo

Tibbiyot OTMlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin

Sogʻliqni saqlash vazirligi tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi tizimini isloh qilishga qaratilgan prezident farmoni loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qoʻydi.

'Tibbiyot OTMlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin'ning rasmi

Unga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab tibbiyot OTMlarida oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabulni bekor qilish taklif etilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan e’lon qilingan hujjatga muvofiq, bakalavriat, magistratura va rezidentura bosqichlarida minimal o‘tish ballari belgilanishi rejalashtirilgan: shifokorlik mutaxassisliklari uchun — 70 foiz, o‘rta tibbiyot xodimlari uchun — 60 foiz.

Shuningdek, eng ko‘p tarqalgan va o‘lim darajasi yuqori bo‘lgan kasalliklar bo‘yicha ajratiladigan kredit soatlarini oshirish, ta’lim jarayoniga dalillarga asoslangan tibbiyot va simulyatsiya markazlarida amaliy mashg‘ulotlarni majburiy joriy etish ko‘zda tutilgan.

Loyihada tor ixtisosliklar bo‘yicha shifokorlarni tayyorlash faqat rezidentura va magistratura orqali amalga oshirilishi, qisqa muddatli qayta tayyorlash kurslari hamda internatura orqali ixtisoslashtirish amaliyotini bekor qilish taklif etilgan. Loyiha muhokamasi 18 martgacha davom etadi.

    Boshqa yangiliklar