Bugun, 3 mart kuni soat 03:26 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasidagi to‘rt qavatli uyning xonadonlaridan birida yong‘in chiqqani haqida xabar kelib tushgan.
Qutqaruv ekipajlari soat 03:34 da voqea joyiga etib borib, yong‘inni soat 03:40 da to‘liq bartaraf etgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uyning ikkinchi qavatidagi xonadonda 10 kvadrat metr maydonda uy jihozlari yonib zararlangan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hodisa sabablari aniqdanmoqda.






