Bugun, 3 mart kuni Eron raketasi Isroilning mudofaa tizimini muvaffaqiyatli yorib o‘tib, Tel-Aviv shahriga aniq zarba berdi. Bu haqda “Quds News Network” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bir raketa parchalar shahar atrofidagi Bney-Brak va Petax-Tikva hududlariga tushgan.
“Al Jazeera” telekanalining Isroil politsiyasiga tayanib xabar berishicha, hodisa oqibatida bir kishi yaralangan. Shuningdek, raketa parchalar Tel-Aviv hududida moddiy zarar yetkazgani aytilgan.
28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy operatsiya boshlagan edi. AQSh Prezidenti Donald Tramp operatsiya maqsadi Amerika xalqini himoya qilish ekanini bildirgan. Zarba davomida Eronning qator harbiy va fuqarolik ob’yektlari, jumladan Minab shahridagi maktab ham nishonga olingan.
Eronning yirik shaharlari, xususan Tehron ham hujumlarga uchragan. Operatsiya oqibatida Eron Islom Respublikasining oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘lgani xabar qilingan.
Javob tariqasida Eron “Sodiq va’da – 4” operatsiyasini boshlab, Yaqin Sharqda joylashgan AQSh harbiy bazalariga hamda Isroil shaharlariga zarbalar bermoqda. Shuningdek, Tehron Fors ko‘rfazi davlatlariga ham hujum qilmogda.
Eron Qizil Yarim oy jamiyati ma’lumotiga ko‘ra, AQSh va Isroil zarbalari oqibatida mamlakat hududida kamida 555 kishi halok bo‘lgan.






