AsosiyDunyo

AQSH Eronga qarshi zarbalarni kamaytirmoqchi emas

AQSh harbiylari Eronga qarshi keng koʻlamli operatsiyani davom ettirmoqda va zarbalarni yumshatish rejalashtirilmayapti.

'AQSH Eronga qarshi zarbalarni kamaytirmoqchi emas'ning rasmi

2 mart kuni AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) vakibi kapitan Tim Xokins “Al Arabiya” nashriga bergan intervyusida e’lon qilishicha, AQSh kuchlari Erondagi 1000 dan ortiq nishonga zarba bergan.

 Ular orasida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi shtab-kvartiralari, qo‘mondonlik va boshqaruv markazlari, havo mudofaasi tizimlari, ballistik raketa ob’yektlari, harbiy aloqa tizimlari hamda dengiz floti kemalari va suv osti kemalari bor.

Rasmiylar ma’lumoticha, AQSh va Eronning qarshi hujumlari oqibatida kamida uch nafar amerikalik halok bo‘lgan va yana bir necha kishi og‘ir yaralangan. Qurbonlar soni yaqin kunlarda oshishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar