Buxorolik bir fuqaro Telegram messenjerida maxsus kanal tashkil etib, unda xotin-qizlarning suratlarini joylashtirgan hamda ularning "xizmatlarini" soatbay va tunbay ko‘rinishda muayyan mablag‘ evaziga narhlab kelgan.
21 yoshli yigit esa o‘zining qo‘shmachilik mehnatini esa 100 ming so‘mga baholagan. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida usbu fuqaro qo‘lga olindi.
U ayollar rasmlarini kanalga joylab, ularni pul evaziga mijozlarga taklif qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






