AsosiyDunyo

Eron jabr ko'rganlar orasida o'zbekistonliklar bormi?

Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonot berdi.

'Eron jabr ko'rganlar orasida o'zbekistonliklar bormi?'ning rasmi

Eronda jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.

Tehrondagi diplomatik vakolatxonaga ko‘ra, hozirda Eronda jami 81 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib turibdi. Shulardan:

8 nafari — diplomatik vakolatxonalar xodimlari;

9 nafari — Qum shahrida tahsil olayotgan talabalar;

55 nafari — Eron hududida doimiy yashovchi fuqarolar;

9 nafari — xususiy safar bilan borganlar.

Elchixona vatandoshlar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi va ular bilan muntazam muloqotni ta’minlamoqda, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar