AsosiyJamiyat

Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi keskinlashuvdan jiddiy xavotirda

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi mojaroning keskinlashuvini diqqat bilan kuzayatganini bildirdi.

'Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi keskinlashuvdan jiddiy xavotirda'ning rasmi

Vazirlik barcha tomonlarni vazminlikka chaqirib, inqirozni xalqaro huquq va diplomatik vositalar orqali hal etish zarurligini ta'kidladi.

Barcha tomonlarni vazminlikka da'vat etib, nafaqat harbiy-siyosiy, balki gumanitar jihatdan oldindan ko'rib bo'lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin bo'lgan xavfli keskinlashuvga sabab bo'ladigan keyingi qadamlardan tiyilishga chaqiramiz.

Vujudga kelgan inqirozni xalqaro huquq normalari asosida, siyosiy-diplomatik vositalar orqali va o'zaro maqbul muloqot yo'li bilan hal etish maqsadga muvofiq ekanini ta'kidlaymiz.

O'zbekiston Respublikasi mintaqaviy barqarorlik hamda xavfsizlikni mustahkamlashning izchil tarafdori va vaziyatning eng tez fursatlarda normallashtirilishidan umidvor bo'lib qoladi,— deyiladi vazirlik bayonotida.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:05

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:58

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:20

    'Ronaldo yangi klublarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Ronaldo yangi klublarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda

    Portugaliyalik futbol yulduzi Cristiano Ronaldo Ispaniyaning "Almeriya" klubidagi ulushi bilan cheklanib qolmoqchi emas.

    'Eronga boradigan mojar sabab 5 ta aviareys ortga qaytdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:06

    Eronga boradigan mojar sabab 5 ta aviareys ortga qaytdi

    Hozir Eron va Isroil o'rtasidagi keskinlik sabab havo hududlari yopildi.

    'Isroil Eronga zarba berganini ma'lum qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:57

    Isroil Eronga zarba berganini ma'lum qildi

    BBC tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, Eron davlat televideniyesi ham portlash bo'lganini tasdiqlagan.