AsosiyDunyo

AQSh razvedkasi Trumpning Eron raketalari haqidagi so‘zlarini tasdiqlamaydi

AҚШ разведкаси Доналд Трампнинг "Эрон тез орада АҚШ ҳудудига етиб борадиган ракеталарга эга бўлади" деган даъвосини тасдиқламайди.

'AQSh razvedkasi Trumpning Eron raketalari haqidagi so‘zlarini tasdiqlamaydi'ning rasmi

Manbalar prezidentning bu bayonoti borttirilgan bo‘lib, Eronga qarshi ehtimoliy zarba haqidagi uning ayrim dalillarini shubha ostiga qo‘yishini bildirgan.

AQSh harbiy razvedkasi o‘tgan yilgi Eroning mavjud kosmik tashuvchi raketalardan foydalanib, "harbiy qit’alararo ballistik raketa" ishlab chiqishi uchun 2035 yilgacha vaqt kerak bo‘lishi mumkinligi haqidagi hisob-kitoblarini hali ham o‘z kuchida ekanini qayd etgan.

Manbalardan birining ma’lum qilishicha, hatto Xitoy yoki Shimoliy Koreya Eronga texnologik yordam ko‘rsatgan taqdirda ham, mamlakatning qit’alararo ballistik raketa darajasiga mos va foydalanishga tayyor "narsa" ishlab chiqishi uchun kamida sakkiz yil kerak bo‘ladi.

Shuningdek, manbalar hozircha Eronning AQSh hududiga tez orada etadigan raketa ishlab chiqayotgani haqida hech qanday ma’lumot yo‘qligini aytishgan.

    Boshqa yangiliklar