OAV xabarlariga ko‘ra, Afg‘oniston tomoni 22 fevral kuni Pokiston amalga oshirgan aviahujumlarga javob sifatida harbiy amaliyot boshlagan.
“Tolibon” harakati chegara hududida o‘nta pozitsiya egallanganligi va beshta obyekt yo‘q qilinganligini ma’lum qilgan.
Tomonlar o‘zaro terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblamoqda. Hozircha rasmiy Islomobod bu bayonotlarga munosabat bildirgani haqida ma’lumot yo‘q.
Mojaroning yanada keskinlashishi ehtimoli saqlanib qolmoqda.






