Otamurod sovg‘ani Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimovdan qabul qilib oldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 24 fevral kuni yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida o‘zining istedodi bilan alohida e‘tibor qozongan Urganch tumanidagi 11-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining 4-sinf o‘quvchisi Otamurod Rayimboyevga ijodiy rag‘bat sifatida Prezident sovg‘asi — BYD Chazor avtomobili topshirildi.






