AsosiyJamiyat

Telegram orqali psixotrop modda sotganlar ushlandi

Gumonlanuvchilar giyohvand moddalarni bot orqali sotib, belgilangan joylarga yashirib qoldirgan.

'Telegram orqali psixotrop modda sotganlar ushlandi'ning rasmi

Toshkent va Navoiy shaharlarida Telegram orqali giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchilar “bot” orqali fuqaroga “mefedron” sotishga kelishib, pulni bank kartasiga qabul qilgan va moddani Navoiy shahridagi qarovsiz uyga yashirib qoldirgan vaqtida ushlangan. Shuningdek, Toshkentda ham giyohvandlik vositalari turli manzillarda — simyog‘och tagi, beton orasi va daraxt tagiga yashirib qo‘yilgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmogda.

    Boshqa yangiliklar