Eron poytaxti Tehronda bir nechta universitet talabalari yangi semestrning birinchi kunida kampuslar hududida to‘plandi. Bu haqda zamon.uz yozmoqda.
Talabalar mamlakatning oliy rahbari oyatulloh Ali Ximaniyga qarshi. Ba’zilari yanvar oyida hibsga olingan kursdoshlarini ozod etishni talab qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Erondagi hukumatga qarshi omaviy namoyishlar dekabr oxirida Tehronda boshlangandi. Dastlab iqtisodiy tusga ega bo‘lgan namoyish, tez orada siyosiy xarakter kasb etib, butun mamlakatga yoyilgan.
Eron rasmiylari namoyishlarni shafqatsizlik bilan bostirdi. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishlarda 5000 kishi halok bo‘lgan, boshqa manbalarda esa bu raqam 30 000 nafargacha yetishi mumkinligi aytiladi.






