Bugun, 22 fevral kuni respublikaning barcha hududlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Ob-havo quruq va o'zgaruvchan bo'ladi, jumladan tog'li hududlarda ham yog'ingarchilik prognoz qilinmagan.
Harorat kechasi shimolda 3° sovuqdan 2° iliqqacha, boshqa hududlarda 3-10° iliq bo'ladi. Kunduzi havo 10-20° iliqqacha isiydi, toglarda esa 0-5° iliq atrofida saqlanadi.
Shamol sharqdan 5-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.






