AsosiyJamiyat

Surxondaryoda erkak ayolning jinsiy aloqadagi videosini tarqatmaslik uchun 6 ming dollar talab qildi.

Erkak 1000 AQSh dollari va 18 mln so‘m pulni olish uchun kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

'Surxondaryoda erkak ayolning jinsiy aloqadagi videosini tarqatmaslik uchun 6 ming dollar talab qildi.'ning rasmi

Joriy yilning 10 fevral kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi fuqaro tuman IIV boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qildi. Uning ma’lum qilishicha, bir erkak o‘zining tanishi bo‘lgan ayolning noma’lum erkak bilan jinsiy aloqada bo‘lgan videotasvirlarini telefoniga saqlab kelayotganini aytib, ushbu videolarni ijtimoiy tarmoqlar orqali yaqin qarindoshlari va tanishlariga tarqatish, obro‘sizlantirish bilan qo‘rqitayotgan. Shu orqali u videotasvirlarni o‘chirish va tarqatmaslik evaziga tovlamachilik yo‘li bilan 6000 AQSh dollari talab qilgan. Avvaldan esa 3000 AQSh dollarini berishni so‘ragan. 

Mazkur murojaat asosida Surxondaryo viloyati IIV Tezkor-qidiruv xizmati, Jinoyat-qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX viloyat boshqarmasi, shuningdek, Denov tumani IIV xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. 

Tadbir davomida ariza muallifiga xolislar ishtirokida talab qilingan 3000 AQSh dollari o‘rniga 1000 AQSh dollari va 18 million so‘m miqdoridagi pul vositalariga kimyo ishlov berildi. Fuqaro ko‘rsatmasiga asosan usbu mablag‘lar belgilangan manzilga oziq-ovqat makonlaridan birida qoldirildi. 

Pul mablag‘larini olish uchun kelgan shaxs tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 11 fevral kuni Denov tumani IIV huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan usbu shaxsga nisbatan JKning 165-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni vaqtda dastlabki tergov harakatlari olib borilmokda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:29

    '"Ochiq byudjet"ning birinchi mavsumi uchun 21 mingdan ortiq loyiha kiritildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:53

    "Ochiq byudjet"ning birinchi mavsumi uchun 21 mingdan ortiq loyiha kiritildi

    Bugun, 21 fevraldan “Tashabbusli byudjet”ning 2026 yilgi birinchi mavsumi uchun loyiha kiritish bosqichi rasman yakunlandi.

    'Surxondaryoda erkak it bolasining quloqlarini qo‘li bilan uzib tashladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:09

    Surxondaryoda erkak it bolasining quloqlarini qo‘li bilan uzib tashladi

    Erkakka nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar sud organlariga yuborilgan.

    'Putin Jeneva muzokaralaridan so‘ng hisobot yig‘ilishi o‘tkazdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:47

    Putin Jeneva muzokaralaridan so‘ng hisobot yig‘ilishi o‘tkazdi

    Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzolari bilan yigʻilishida Ukraina masalasi boʻyicha Jenevadagi muzokaralarda ishtirok etgan delegatsiyadan hisobot soʻradi.

    'Samaradan Urganchga toʻgʻridan-toʻgʻri reys yoʻlga qoʻyiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:50

    '"O'zgidromet" tezkor ogohlantirish bilan chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:25

    "O'zgidromet" tezkor ogohlantirish bilan chiqdi

    Bugun, 21 fevral kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol va chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.