AsosiyJamiyat

Toshkentda hamkasbini zoʻrlashga urinishda ayblangan erkak 5 sutkaga qamaldi.

Toshkentga xizmat safari bilan kelgan erkak mehmonxonada hamkasbiga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilib, uni bo‘g‘ishga urinagani uchun 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini oldi.

'Toshkentda hamkasbini zoʻrlashga urinishda ayblangan erkak 5 sutkaga qamaldi.'ning rasmi

Bu haqda “Nemolchi” loyihasi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, erkak va ayol sport musobaqalarida ishtirok etish uchun xizmat safari bilan Toshkentga kelgan. 18 dekabrdan 19 dekabrgacha o‘tar kechasi erkak kechki ovqat bahonasi bilan ayolning mehmonxonadagi xonasiga kirgan.

Ayol uning taklifini rad etganiga qaramay, erkak shahvoniy harakatlar qilishga uringan. Sudda jabrlanuvchi ochiqchasiga rozi emasligini aytgani, shundan so‘ng erkak uni karavotga yiqitib, yostiq bilan bo‘g‘ishga urinaganini bildirgan. Ayol qarshilik ko‘rsatib, xonadan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Sudda erkak aybini tan olgan. Sud uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik) bo‘yicha aybdor deb topib, 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonda 15 yillik stajga ega o‘qituvchilarga uy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:35

    O‘zbekistonda 15 yillik stajga ega o‘qituvchilarga uy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi

    O‘zbekistonda oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega va kamida 15 yil pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya ajratiladi.

    'Yaponiyada onasidan voz kechilgan kichkina makakaga nima bo‘ldi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:08

    Yaponiyada onasidan voz kechilgan kichkina makakaga nima bo‘ldi?

    Uning taʼsirli suratlari ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:40

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:53

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:15

    'Chusovitina Jahon kubogi finaliga chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:48

    Chusovitina Jahon kubogi finaliga chiqdi

    50 yoshli gimnastikachi o‘zining asosiy ixtisosligi — tayanch sakrash mashqida 13,133 ball jamg‘ardi.