AsosiyJamiyat

Chusovitina Jahon kubogi finaliga chiqdi

50 yoshli gimnastikachi o‘zining asosiy ixtisosligi — tayanch sakrash mashqida 13,133 ball jamg‘ardi.

'Chusovitina Jahon kubogi finaliga chiqdi'ning rasmi

O‘zbekiston terma jamoasi vakili Oksana Chusovitina Germaniyaning Kotbus shahrida o‘tayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogi bosqichida saralash bahslarini muvaffaqiyatli yakunlab, finalga yo‘llanma oldi.

50 yoshli gimnastikachi o‘zining asosiy ixtisosligi — tayanch sakrash mashqida 13,133 ball jamg‘ardi. Mazkur natija unga hal qiluvchi bosqichda ishtirok etish imkonini berdi.

Qarorlovchi final bahslari ertaga bo‘lib o‘tadi. Chusovitina medallar uchun kurashni davom ettirib, O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.

    Boshqa yangiliklar