Ma'lum qilinishicha, axborot resurslari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan reklamalarning amaldagi qonunchilik talablariga mosligi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda bir necha yuz minglab kuzatuvchilarga ega bloggerlar o‘z sahifalarida bukmerlik xizmatlarini reklama qilgani aniqlandi.
Xususan, qimor o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi video-roliklar bloggerlar F. Shirinboyeva (@clemenskoelpin) hamda D. Baxtiozin (@mjova41, @Damirrxon) sahifalarida joylashtirilgani ma'lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan Raqobat qo‘mitasi tomonidan ular belgilangan tartibda ma'muriy javobgarlikka tortilgan va materiallar sudga taqdim etilgan.
Eslatib o‘tiladi, "Reklama to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq, O‘zbekiston hududida qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni reklama qilish taqiqlanadi. Qonun talablarini buzish tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.






