AsosiyJamiyat

Ташиевнинг юқори лавозимда ишловчи синфдоши ҳам ишдан олинди

Avvalroq Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev va yana 3 vazir lavozimidan olingan edi.

'Ташиевнинг юқори лавозимда ишловчи синфдоши ҳам ишдан олинди'ning rasmi

17 fevral kuni Qirg‘iziston Iqtisodiyot va savdo vazirligi huzuridagi Monopoliyaqa qarshi tartibga solish xizmati rahbari lavozimiga yangi tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi.

Vazirlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, avval mazkur lavozimda faoliyat yuritgan, Qamchibek Tashiyevning sinfdoshi bo‘lgan Jenali Ozorayev vazifasidan ozod etilgan. Uning o‘rniga ushbu tizimda uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelgan Oybek Mamiraliyev rahbar etib tayinlangan.

Ma’lum qilinishicha, Mamiraliyev 2023 yil 7 sentyabrdan buyon xizmat raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qamchibek Tashiyev ham Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etilgani haqida xabarlar berilgan edi. Shundan so‘ng yana bir nechta vazirliklarda ham kadrlar o‘zgarishi kuzatilgan.

    Boshqa yangiliklar