Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy sudi qaroriga ko‘ra, mamlakatda navbatdagi prezidentlik saylovi 2027 yil 24 yanvar kuni o‘tkaziladi. Saylov sanasi rasman 2026 yil sentyabrigacha belgilanishi kutilmoqda.
Sud bayonotida aytilishicha, saylov yanvar oyining to‘rtinchi yakshanbasiga to‘g‘ri keladi. Jogorku Kenesh esa qonunga muvofiq, ushbu saylovni kamida 4 oy oldin belgilashi lozim.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yilda saylangan prezidentning vakolat muddati 2010 yilgi Konstitutsiya asosida 6 yil hisoblanadi va u to‘liq amal qiladi. Yangi Konstitutsiyadagi 5 yillik muddat amaldagi prezidentga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Shuningdek, Konstitutsiyaga ko‘ra, mazkur muddat “birinchi prezidentlik davri” sifatida hisoblanadi va qayta hisoblanmaydi.






