Avvalroq Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbekistonlik Durdona Hakimova o‘ldirilib, jasadi boshsiz holida chiqindi konteyneriga tashlab ketilgani haqida xabar berilgan edi. Turkiyadagi o‘zbek ayollarining huquqlarini himoya qilish jamiyati ma’lum qilishicha, marhuma bilan bir uyda yashagan 32 yoshli ayol hamon bedarak.
Ma’lum qilinishicha, 1994 yilda tug‘ilgan Ergashaliyeva Sayyora Bahromjon qizi 2025 yil 28 dekabr kuni ishlash maqsadida Turkiyaga borgan. Qizidan xabar ololmayotgan ota-ona uni topish umidida Turkiyaga uchib borgan. Onasining aytishicha, qizi bilan oxirgi marta 23 yanvar kunidan bir kun oldin gaplashgan, shundan so‘ng aloqa uzilgan.
Jamiyat xabariga ko‘ra, advokatlarning shoshilinch va professional say-harakatlari natijasasida tergov jarayonlari jadallashtirilgan. Ikkinchi jinoyat ehtimoli yuzasidan DNK tahli llari o‘tkazilgan, hodisa joyi batafsil ko‘zdan kechirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq marhumaning jasad bo‘laklari topilgani va jasad O‘zbekistonga qaytarilgani xabar qilingan edi.






