AsosiyJamiyat

Samarqandda shifokor klinikada kaltaklandi

Samarqand shahrida xususiy klinikada ishlayotgan shifokor bemor yaqinlaridan biri tomonidan urib, tan jarohati oldi.

'Samarqandda shifokor klinikada kaltaklandi'ning rasmi

Holat yuzasidan tergovgacha qadar tekshiruv ishlari olib borilmog‘da.

Viloyat IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 7 fevral kuni 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.T. “112” raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xizmat vazifasini bajaraotgan vaqtida unga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilganini bildirgan.

Aniqlanishicha, 1993 yilda tug‘ilgan I.O. farzandini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun klinikaga olib kelgan va shifokor bilan yuzaga kelgan ziddiyat oqibatida uning bosh qismiga urib, tan jarohati yetkazgan.

Jarohatning og‘irlik darajasini aniqlish maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Holat yuzasidan tergovgacha qadar tekshiruv harakatlari davom etmog‘da.

Avvalroq Sirdaryo va Toshkentda ham shifokorlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari qayd etilgandi. Aybdor shaxslar qonuniy javobgarlikka tortilgan.

    Boshqa yangiliklar