Guvohlar ma’lumotlariga tayangan Amnestiy Internationalga ko‘ra, bunday holatlarda maktab o‘quvchilari ham mehnat lagerlariga jo‘natish, ommaiviy tahqirlash, hatto qatlgacha borgan voqealar qayd etilgan.
Ma’lumotlarda aytilishicha, “Quyosh avlodlari”, “Kalmar o‘yini” kabi mashhur dramalarni ko‘rish yoki K-pop qo‘shiqlarini tinglash “jinoyat” sifatida baholanishi ehtimol. Eng og‘iri — jazo ko‘pincha pul va tanish-bilishga bog‘liq ekani ta’kidlanadi: imkoniyati borlar pora bilan yengilroq chiqib ketsa, imkoniyati cheklanganlar qattiqroq oqibatlarga duch keladi.
Amnestiy International vakili Sara Bruks bu holatni “korrupsiya bilan qorishgan repressiya” deb atab, axborotga kirish cheklanishi va jazolash amaliyati eng avvalo puli yo‘qlar hayotini izdan chiqarayotganini aytgan.
Guvohlar so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan yangi kontent Shimoliy Koreyaga avvalgidan tezroq kirib borayotgani ham vaziyatni keskinlashtirgan. Ayrim qochoqlar Yanggang provinsiyasida “Kalmar o‘yini”ni ko‘rgan yuqori sinf o‘quvchilari haqida og‘ir ma’lumotlar aytgan.
Amnestiy 2025 yilda Shimoliy Koreyadan qochib chiqqan 25 nafar shaxs bilan suhbat o‘tkazganini, ishtirokchilarning katta qismi 2019–2020 yillarda mamlakatni tark etganini qayd etgan. COVID-19 sabab chegaralar yopilganidan keyin qochish holatlari keskin kamaygani aytilmogda.






