AsosiyDunyo

AQSh KXDRga xalqaro gumanitar yordam boʻyicha cheklovlarni bekor qilishni rejalashtirmoqda

Gap BMT Xavfsizlik Kengashining KXDRga nisbatan sanksiyalar qo‘mitasida gumanitar yukalar uchun beriladigan sanksion istisnolarini blokdan chiqarish haqida bormoqda.

'AQSh KXDRga xalqaro gumanitar yordam boʻyicha cheklovlarni bekor qilishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

Donald Trump ma'muriyati Shimoliy Koreyaga xalqaro gumanitar yordam yetkazib berishga qo'yilgan cheklovlarni olib tashlash niyatida. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Qayd etilishicha, gap BMT Xavfsizlik Kengashining KXDRga nisbatan sanksiyalar qoʻmitasida gumanitar yuklar uchun beriladigan sanksion istisnolarni blokdan chiqarish haqida bormoqda. Bir necha oy davomida AQSh gumanitar ta'minot maqsadsiz ishlatilishi mumkinligidan xavotir bildirib, ruxsatnomalar berilishini muzlatib kelgan. Nashr ma'lumotlariga ko'ra, endilikda Vashington barcha cheklovlarni bekor qilishni rejalashtirmoqda, bu esa xalqaro yordam yo'lini ochadi.

Qaror KXDR yetakchisi Kim Chen Inning Rossiya va Xitoy bilan aloqalari chuqurlashib borayotgan bir paytda qabul qilinishi ta'kidlanmoqda. Shu bilan birga, gazetaning qayd etishicha, gumanitar yordamning qayta yo'lga qo'yilishi Pxenyan va Vashington o'rtasidagi munosabatlar yaxshilanishini anglatmaydi.

WSJ ma'lumotlariga ko'ra, Kim Chen In so'nggi yillarda Trumpning tashabbuslari hamda o'tgan yili Janubiy Koreya prezidenti etib saylangan, koreyslararo munosabatlarni yaxshilash tarafdori bo'lgan Li Chje Myonning sa'y-harakatlariga qaramay, AQSh yoki Janubiy Koreya bilan mulotga qiziqish bildirmagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ummonda AQSh va Eron o'rtasida navbatdagi muzokaralar boshlandi.'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:24

    Ummonda AQSh va Eron o'rtasida navbatdagi muzokaralar boshlandi.

    Ummonda AQSh va Eron delegatsiyalari yadroviy dastur bo‘yicha navbatdagi muzokaralarga kirishdi.

    'Qashqadaryo, Toshkent viloyati va poytaxtda 20 kgdan ortik narkotik musodara qilindi.'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:18

    Qashqadaryo, Toshkent viloyati va poytaxtda 20 kgdan ortik narkotik musodara qilindi.

    Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Qashqadaryoda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 20,2 kg turli turdagi giyohvandlik vositalari olindi.

    'Islomoboda juma namoz paytida portlash yuz berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:56

    Islomoboda juma namoz paytida portlash yuz berdi

    Hodisa ortidan kamida 31 kishi halok bo‘ldi.

    'Shavkat Mirziyoyev “Nishoni Pokiston” ordeni bilan taqdirlandi.'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:49

    Shavkat Mirziyoyev “Nishoni Pokiston” ordeni bilan taqdirlandi.

    Mukofot Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

    'Epstein ishi: Norvegiyada sobiq bosh vazirga nisbatan tergov boshlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:53

    Epstein ishi: Norvegiyada sobiq bosh vazirga nisbatan tergov boshlandi

    Tergov boshlanishiga yaqinda maxfiylikdan chiqarilgan va Jeffriy Epsteyn ishi bilan bog‘liq hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlar asos bo‘lgan.