AsosiyDunyo

Islomoboda juma namoz paytida portlash yuz berdi

Hodisa ortidan kamida 31 kishi halok bo‘ldi.

'Islomoboda juma namoz paytida portlash yuz berdi'ning rasmi

Bugun 6 fevral kuni Pokiston poytaxti Islomobodning Tarlay hududida joylashgan Imambargah Khadijah al-Kubra masjidida juma namozi vaqtida portlash yuz berdi.

Mahalliy ma'muriyat ma'lumotlariga ko'ra, hodisa oqibatida kamida 31 kishi halok bo'lgan, 169 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan.

Politsiya portlash xususiyatini aniqlash ishlarini olib bormoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, hodisa xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan bo'lishi mumkin. Qurbonlar orasida Islomobod politsiyasi boshlig'ining qarindoshi ham bor.

Portlash joyi to'liq o'rab olingan, qutqaruv xizmatlari va tibbiyot xodimlari jabrlanganlarni shifoxonalarga yetkazish bilan shug'ullanmoqda. Islomoboddagi yirik tibbiyot muassasalarida favqulodda holat joriy etilgan, aholidan qon topshirish so'ralgan.

Pokiston rahbariyati, jumladan Prezident Asif Ali Zardoriy va Bosh vazir Shahboz Sharif hujumni keskin qoralab, halok bo'lganlar yaqinlariga ta'ziya bildirgan. Ular tinch aholi va ibodat maskanlarini nishonga olish insonparvarlikka zid jinoyat ekanini ta'kidlagan.

    Boshqa yangiliklar