AsosiyDunyo

АҚШ фуқароларини Эрондан зудлик билан чиқиб кетишга чақирди

Bunga sabab nima?

'АҚШ фуқароларини Эрондан зудлик билан чиқиб кетишга чақирди'ning rasmi

AQSh Erondagi o‘z fuqarolarini mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi. Bu haqda AQShning Erondagi elchixonasi rasmiy ogohlantirish e’lon qildi.

Qayd etilishicha, hozirda Eronda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, ayrim yo‘llar yopilgan, jamoat transporti faoliyati izdan chiqqan hamda internet aloqasi cheklangan.

Elchixona Eron hukumat mobil va statsionar aloqa hamda milliy internet tarmoqlariga kirishni cheklashda davom etayotganini bildirgan.

Shuningdek, aviakompaniyalar Eronga va Erondan parvozlarni cheklayotgani yoki bekor qilayotgani qayd etilgan. AQSh fuqarolariga, agar xavfsiz bo‘lsa, Erondan quruqlik orqali Armaniston yoki Turkiya tomon tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqish tavsiya etilgan.

Elchixona hozircha mamlakatdan chiqib keta olmayotgan fuqarolarga xavfsiz joy topish, oziq-ovqat, suv va dori-darmon zaxirasini tayyorlab qo‘yish, mahalliy OAVni kuzatib borish hamda yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lishni maslahat bergan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 yanvar kunida ham AQSh Davlat departamenti Eronda yuz bergan norozilik namoyishlari sababdan mamlakatda bo‘lib turgan amerikaliklarni zudlik bilan hududni tark etishga undagan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Трамп учта эҳтимолий ядровий урушнинг олдини олганини айтди'ning rasmi

    Dunyo Bugun 03:58

    Трамп учта эҳтимолий ядровий урушнинг олдини олганини айтди

    AQSh prezidenti Donald Trump dunyoda uchta ehtimoliy yadroviy urush, jumladan Rossiya va Ukraina o'rtasidagi mojaroning oldini olganini ma'lum qildi.

    'Islomoboddа Oʻzbekiston-Pokiston strategik sherikligini chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.'ning rasmi

    Dunyo 05.02.2026 15:48

    Islomoboddа Oʻzbekiston-Pokiston strategik sherikligini chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

    Shavkat Mirziyoyev va Shahbaz Sharif o‘zaro savdoni oshirish, qo‘shma loyihalarni kengaytirish hamda transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha kelishib oldi.

    'Trump Epstein ishi boʻyicha hujjatlarni oʻrganishga vaqti yoʻqligini aytdi'ning rasmi

    Dunyo 05.02.2026 06:18

    Trump Epstein ishi boʻyicha hujjatlarni oʻrganishga vaqti yoʻqligini aytdi

    AQSh prezidenti Donald Trump moliyachi Jeffrey Epstein ishi bo‘yicha e‘lon qilingan hujjatlar bilan hali tanishib chiqmaganini ma’lum qildi. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 05.02.2026 02:58

    'Нигерияда қуролли ҳужум оқибатида қариб 200 киши ҳалок бўлди'ning rasmi

    Dunyo 04.02.2026 17:26

    Нигерияда қуролли ҳужум оқибатида қариб 200 киши ҳалок бўлди

    Нигериянинг шимолий-марказий қисмидаги Квара штатида қуролли шахслар уюштирган ҳужум оқибатида ўнлаб тинч аҳоли вакиллари ҳаётдан кўз юмди.

    'Qaddafiyniнг ўғли Либияда ҳалок бўлди'ning rasmi

    Dunyo 04.02.2026 05:09

    Qaddafiyniнг ўғли Либияда ҳалок бўлди

    Arab ommaviy axborot vositalarining yozishicha, voqea G‘arbiy Libiyada, Zintan shahri yaqinida joylashgan qarorgoh hududida sodir bo‘lgan.