"Barselona"dan ijara asosida "Jirona" safiga qo‘shilgan germaniyalik darvozabon Ispaniya chempionatining 22-turi doirasida "Oviedo"ga qarshi uchrashuvda son mushaklaridan jarohat olgan. Jarohat uni kamida ikki oyga safdan chiqarishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, mazkur holat futbolchining ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.
"O‘tgan dam olish kunlari eng yomon holat ro‘y berdi — o‘yin paytida jarohat oldim. Endigina "Jirona"ga qo‘shilgandim va bu yerda meni ilk daqiqalardanoq juda iliq kutib olishdi. Jamoaqa yordam berishni istagandim, ammo afsuski, operatsiya qilingani sababli bir necha oy futbolsiz qolaman", — deb yozdi Ter Stegen Instagram sahifasida.
Ma’lumot uchun, Mark-Andre ter Stegen 2026 yil 21 yanvar kunimavsum oxirigacha ijara asosida "Barselona"dan "Jirona"ga o‘tgan. U La Liga doirasida ikki uchrashuvda maydonga tushgan. Darvozabonning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.






