AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonda internetda haqorat va shilqimlik uchun alohida javobgarlik joriy etilishi mumkin

Qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

'Oʻzbekistonda internetda haqorat va shilqimlik uchun alohida javobgarlik joriy etilishi mumkin'ning rasmi

O‘zbekistonda internet orqali haqorat qilish, uyatli so‘zlar bilan so‘kinish va haqoratomuz shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilishi mumkin. Buni nazarda tutuvchi qonun loyihasi 3 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Loyihaga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 183-1-modda bilan to‘ldirilib, telekommunikatsiya tarmoqlari va internetda jamoat tartibi hamda fuqarolar osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlar uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Deputat Xushvaqt Hayitovning ta’kidlashicha, mazkur norma ijtimoiy tarmoqlarda huquqbuzarliklar ko‘payib borayotgani bilan bog‘liq. U bunday holatlar jamiyatda axloqsizlik va tajovuzkorlik kayfiyatini kuchaytirayotganini qayd etdi.

Shuningdek, "Milliy tiklanish" partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov ham qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Uning aytishicha, ijtimoiy tarmoqlarda haqorat va kamsitish uchun 5 million so‘mgacha jarima yoki 10 kungacha ma’muriy qamoq jazosi belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.

Qonun loyihasi bilan kodeks yangi 189-3-modda bilan ham to‘ldirilib, internetda o‘z huquqbuzarligini tarqatgan shaxslar uchun ham javobgarlik joriy etilishi rejalashtirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:40

    'Shaxsga doir ma'lumotlar noqonuniy ravishda olinganmi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:37

    Shaxsga doir ma'lumotlar noqonuniy ravishda olinganmi?

    Ҳолат юзасидан расмий изоҳ берилди.

    'Chinozda aliment toʻlamay yurgan ota qoʻshnisining uyidan topildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:29

    Chinozda aliment toʻlamay yurgan ota qoʻshnisining uyidan topildi

    U bir yil davomida to‘lovlardan bo‘yin tovlagan.

    'Samarqandda "Bonu" laqabli ayol fohishaxona tashkil qilishda ayblanib qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:53

    Samarqandda "Bonu" laqabli ayol fohishaxona tashkil qilishda ayblanib qamaldi

    2025 yil 4 sentabr kuni 1 soatlik xizmat uchun 800 ming so‘m olgan vaqtda qo‘lga olingan.

    'Jaholatga qarshi faqat ma’rifat yetarli emas — Alisher Qodirov'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:34

    Jaholatga qarshi faqat ma’rifat yetarli emas — Alisher Qodirov

    Internet bezoriligi uchun jarima va ma’muriy qamoq taklif etilmoqda.

    'Toshkent-Chorvoq yo'lida tezlik pasaytirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:26

    Toshkent-Chorvoq yo'lida tezlik pasaytirildi

    Qaror YTHlar soni ortishi bilan izohlanmoqda.