AsosiySiyosat

Oʻzbekistonda koʻmir qazib olish 11 million tonnaga yetkaziladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘mir va uran sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar hamda yaqin istiqboldagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

'Oʻzbekistonda koʻmir qazib olish 11 million tonnaga yetkaziladi'ning rasmi

Yangi konlarni o‘zlashtirish va yirik investitsiya loyihalarini ishga tushirish orqali ishlab chiqarish hajmlarini oshirish rejalashtirilmoqda.

2 fevral kuni davlat rahbariga ko‘mir va uran tarmoqlarida olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Qayd etilishicha, 2025–2026-yilgi kuz-qish mavsumida 10 million tonna ko‘mir qazib olish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgacha 9 million tonna ishlab chiqarilgan. Kelgusi mavsumda bu ko‘rsatkichni 11 million tonnaga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Angrendagi Nishbosh konini o‘zlashtirish loyihasi doirasida 2026 yilda 1 million tonna ko‘mir qazib olish, kelgusida esa yillik quvvatni 10 million tonnaga chiqarish rejalashtirilgan. Shuningdek, ko‘mirni chuqur qayta ishlash orqali polimer mahsulotlari ishlab chiqarishga qaratilgan 5 milliard dollarlik loyiha muhokama qilindi.

Uran sanoatiga kelganda, o‘tgan yili 7 ming tonna mahsulot ishlab chiqarilib, aniqlangan zaxiralar 139 ming tonnaga yetdi. Joriy yilda bir qator yangi konlarni o‘zlashtirish boshlanadi. Prezident loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va iqtisodiy samaradorlikni kuchaytirish bo‘yicha mutasaddidlarga topshiriqlar berdi.

    Boshqa yangiliklar