"Australian Open" musobaqasida ishtirok etgan Polina Kudermetova reytingda 11 pog'ona yuqorilab, 139-o'rinni egalladi va mamlakating ikkinchi raketkasi maqomini qo'lga kiritdi.
Ushbu o'rin avval Mariya Timofeyevaga tegishli bo'lib, tennischi 17 pog'ona pastlab, 155-o'ringa tushdi.
O'zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova esa o'z mavqeini saqlab qoldi — u WTA reytingida 93-o'rinda qolmokda.
Dunyo reytingida ham "Australian Open"dan so'ng o'zgarishlar kuzatildi. Musobaqa g'olibi Yelena Ribakina 5-o'rindan 3-pog'onaga ko'tarildi, Koko Gauff esa 3-o'rindan 5-o'ringa tushdi.
Belaruslik Arina Sobolenko reytingda hali ham yetakchilikni saqlab turibdi, ikkinchi o'rindan esa polyaklik Iga Sviontek joy olgan.






