AsosiyJamiyat

Fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 fevral kuni Navoiy xalqaro aeroporti faoliyati samaradorligini oshirish va aviatsiya korxonalarini transformatsiya qilish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

'Fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi'ning rasmi

Taqlidmotda Navoiy xalqaro aeroporti mavjud salohiyatidan to‘liq foydalanayotgani, infratuzilma va xizmat ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilish zarurligi qayd etildi. Aeroportni “Uzbekistan Airports” AJdan mustaqil operativ boshqaruvga o‘tkazish, mahalliy va xorijiy aviakompaniyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish huquqini berish taklif etildi.

Aeroport daromadlarini infratuzilmani yangilash, yoqilg‘i rezervuarlarini kengaytirish hamda havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlariga yo‘naltirish orqali aviatsiya xizmatlari eksportini oshirish rejalashtirilmoqda. Biznes rejaga ko‘ra, doimiy parvozlar soni 25 tadan oshirilib, qayta ishlanadigan yuk hajmi 20 ming tonnadan ortiq bo‘ladi.

Shuningdek, aeroport hududida “porto-franko” erkin bojxona zonasi tashkil etish, 2029 yilgacha maxsus texnika va ehtiyot qismlarni bojxona to‘lovlaridan ozod qilish belgilandi.

Yig‘ilishda “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports” korxonalarini transformatsiya qilish, 2026 yildan nosohaviy faoliyatni moliyalashtirishni to‘xtatish, xarajatlarni qisqartirish va raqamlashtirishni jadallashtirish masalalariga alohida e‘tibor qaratildi.

Bundan tashqari, fuqaro aviatsiyasi sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, Fuqaro aviatsiyasi universiteti va aviatsiya texnikumini tashkil etish ishlari muhokama qilindi. Ushbu ta’lim muassasalari yetakchi xalqaro aviatsiya markazlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.

Prezident takliflarni ma’qullab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"А" ва "Б" тоифадаги ҳайдовчилик гувоҳномасини олиш тартиби ўзгарди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:12

    "А" ва "Б" тоифадаги ҳайдовчилик гувоҳномасини олиш тартиби ўзгарди

    2026 yil 1 fevraldan boshlab “A” va “B” toifadagi haydovchilik guvohnamasini olish jarayonida bir qator yangi tartiblar kuchga kirdi.

    'Trump yadro quroli bo‘yicha muzokaralarga Xitoyni jalb qilmoqchi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:52

    Trump yadro quroli bo‘yicha muzokaralarga Xitoyni jalb qilmoqchi.

    AQSh prezidenti Donald Trump yadroviy qurollarni nazorat qilish va cheklash bo‘yicha muzokaralarga Xitoyni ham qo‘shish niyatida.

    'Yaponiya okean tubidan nodir yer elementlarini topdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:44

    Yaponiya okean tubidan nodir yer elementlarini topdi

    Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, bu hududda 16 million tonnadan ortiq noyob yer elementlari mavjud bo‘lishi mumkin.

    'Telegram orqali ekstremistik g‘oyalar tarqatgan talabalar ushlanib olindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:41

    Telegram orqali ekstremistik g‘oyalar tarqatgan talabalar ushlanib olindi.

    Toshkentdagi oliy ta’lim muassasasi talabasi Telegram orqali taqiqlangan diniy kontent tarqatgani uchun qo‘lga olindi.

    '"Aviator" savdo majmuasidagi yong'in yuzasidan jinoyat ishi ochildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:22

    "Aviator" savdo majmuasidagi yong'in yuzasidan jinoyat ishi ochildi

    Yodingizda bo'lsa kerak, 31 yanvar kuni Yashnobod tumanidagi "Aviator" savdo majmuasida yong'in yuz bergan edi.

    'Metan zapravkalari qayta ish boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:17

    Metan zapravkalari qayta ish boshlandi

    2 fevraldan boshlab respublika bo‘ylab metan zapravkalari belgilangan vaqt oralig‘ida faoliyat yuritadi.