O‘zbekiston delegatsiyasi Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya o‘yinlari uchun 4 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu haqda mamlakat Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Saralash natijalariga ko‘ra, Dmitriy Chigiryov va Yekaterina Geynish figurali uchishning juftlik bahslarida, Medet Nazarov tog‘ chang‘isining slalom hamda gigant-slalom yo‘nalishlarida, Daniil Yeybog esa short-trekning 500 metr masofasida Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi.
Biroq tayyorgarlik jarayonida Dmitriy Chigiryov jarohat olib, musobaqagacha safga qayta olmadi. Shu sababli O‘zbekiston delegatsiyasi Olimpiadada tog‘ chang‘isi va short-trek dasturlaridagina qatnashadi.






