O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov 2026 yilgi Jahon chempionati arafasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirmoqtaligini ma’lum qildi. Bu haqda u RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Ma’lumki, O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan muniolda Fabio Kannavaro shogirdlari Portugaliya hamda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Guruhdagi uchinchi raqib qit’alararo plei-off natijalariga ko‘ra aniqlandi.
Jahon chempionati oldidan terma jamoalar mart oyida FIFA Seriyasi doirasida ikki o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Aprel oyidagi xalqaro tanaffus bo‘yicha aniq rejalar hozircha e’lon qilinmagan. May oyida Superliga yetakchilariga qarshi nazorat bahslari rejalashtirilgan bo‘lsa, iyun oyida Kanada terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi kutilmogda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari shu kungacha bir marta — 2022 yil noyabr oyida Toshkentda o‘zaro bahs olib borgan va uchrashuv 0:0 hisobida yakunlangan.






