AsosiyJamiyat

Prezidentning organdagi tozalashidan keyin kimlar keldi-yu kimlar ketdi?

Darakchi.uz yangi tayinlovlar roʻyxatini bir joyga toʻpladi.

'Prezidentning organdagi tozalashidan keyin kimlar keldi-yu kimlar ketdi?'ning rasmi

Azizbek Ikromov Favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlandi

Prezident farmoniga muvofiq, Azizbek Ikromov O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlandi. U avval Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan edi.

Botir Qudratxo‘jaev Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i bo‘ldi Botir Bahromovich Qudratxo‘jaev IIVning birinchi o‘rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimidan ozod etildi. U ilgari prokurorlik va Bosh prokuratura tizimida katta tajribaga ega bo‘lgan.

Bahodir Toshmatov Milliy gvardiya qo‘mondoni etib tayinlandi

Prezident farmoni bilan Bahodir Hamidovich Toshmatov Milliy gvardiya qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. U harbiy tajribasi va bilimlari bilan tanilgan, ilgari Mudofaa vaziri o‘rinbosari va Milliy xavfsizlik kengashi kotibi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Ichki ishlar vazirining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Ayubxon Rahmatullayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan IIVning birinchi o‘rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, Davron Nazarmuhhammadov IIVning o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Indoneziyadagi ko‘pki qurbonlari soni 48 nafarga yetdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:08

    Indoneziyadagi ko‘pki qurbonlari soni 48 nafarga yetdi

    G‘arbiy Yavada yuz bergan fojeadan so‘ng qutqaruvchilar vayronalar ostida qolganlarni qidirishda davom etmoqda, bedarak yo‘qolganlar ro‘yxati aniqlashtirilmogda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:02

    'Andijonda yashirin narkolaboratoriya aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:00

    Andijonda yashirin narkolaboratoriya aniqlandi

    DHX, Bojxona va IIO hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda sintetik giyohvandlik vositalari tayyorlangan xonadon fosh etildi.

    'Bektemir Meliqo‘ziyev 22 fevralda Las-Vegasda Sena Agbekoga qarshi jang qiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:50

    Bektemir Meliqo‘ziyev 22 fevralda Las-Vegasda Sena Agbekoga qarshi jang qiladi

    O‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi.

    'Oq uyda Melaniya Tramp haqidagi hujjatli filmning yopiq premyerasi o'tkazildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:40

    Oq uyda Melaniya Tramp haqidagi hujjatli filmning yopiq premyerasi o'tkazildi.

    Oq uyda AQSh birinchi xonimi Melaniya Trampga bag'ishlangan "Melaniya" hujjatli filmning faqat yaqinlar uchun moʻljallangan oldindan namoyishi boʻlib oʻtdi.