AsosiyJamiyat

Andijonda yashirin narkolaboratoriya aniqlandi

DHX, Bojxona va IIO hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda sintetik giyohvandlik vositalari tayyorlangan xonadon fosh etildi.

'Andijonda yashirin narkolaboratoriya aniqlandi'ning rasmi

Giёҳvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Bojxona va Ichki ishlar organlari hamkorligida Asaka tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida 1988 yilda tug‘ilgan shaxsning yonidan nomsiz sprey idishdagi shubhali suyuqlik hamda ikki dona dori vositas aniqlandi, vaqtincha saqlovga olindi. Keyinchalik uning Xo‘jaobod tumanidagi xonadon ko‘zdan kechirilganda, ushbu manzilda narkolaboratoriya tashkil etilgani ma’lum bo‘ldi.

Xonadondan sprey idishlardagi noma’lum suyuqliklar, oq rangli kukunsimon moddalar, kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari hamda giёҳvandlik vositalari tayyorlashga mo‘ljallangan anjomlar ashyoviy dalil sifatida olindi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, musodara qilingan moddalar “Alfa PVP” sintetik giёҳvandlik vositas va “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi modda hisoblanadi.

Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Indoneziyadagi ko‘pki qurbonlari soni 48 nafarga yetdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:08

    Indoneziyadagi ko‘pki qurbonlari soni 48 nafarga yetdi

    G‘arbiy Yavada yuz bergan fojeadan so‘ng qutqaruvchilar vayronalar ostida qolganlarni qidirishda davom etmoqda, bedarak yo‘qolganlar ro‘yxati aniqlashtirilmogda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:02

    'Bektemir Meliqo‘ziyev 22 fevralda Las-Vegasda Sena Agbekoga qarshi jang qiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:50

    Bektemir Meliqo‘ziyev 22 fevralda Las-Vegasda Sena Agbekoga qarshi jang qiladi

    O‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi.

    'Oq uyda Melaniya Tramp haqidagi hujjatli filmning yopiq premyerasi o'tkazildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:40

    Oq uyda Melaniya Tramp haqidagi hujjatli filmning yopiq premyerasi o'tkazildi.

    Oq uyda AQSh birinchi xonimi Melaniya Trampga bag'ishlangan "Melaniya" hujjatli filmning faqat yaqinlar uchun moʻljallangan oldindan namoyishi boʻlib oʻtdi.

    'Namanganda Kobalt va avtobus toʻqnashdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:05

    Namanganda Kobalt va avtobus toʻqnashdi

    Hodisa ortidan 3 kishi halok bo‘ldi.