Bu haqda Cadena SER nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Real Madrid” va Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Andalusiya klubini taxminan 450 million yevroga sotib olishni rejalashtirmoqda.
Hozirda Ramos va uning advokatlari klubning moliyaviy hisobotlarini o‘rganmoqda, va bu jarayon bir necha oy davom etishi mumkin.
So‘nggi yillardagi omadsiz natijalar klub aksiyadorlarini “Sevilya”ni sotish haqida o‘ylashga majbur qilgani qayd etilmoqda. Serxio Ramos esa usbu jamoada 2003–2005 yillar va 2023–2024 yilgi mavsumda futbolchi sifatida to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, 39 yoshli Ramosning so‘nggi jamoasi Meksikaning “Monterrey” klubi bo‘lib, u joriy yil dekabr oyi boshida jamoani tark etgan.






