Toshkent shahri Olmazor tumani Ahmad Donish ko‘chasida 25 yanvar kuni soat 10:40 larda Malibu-1, Nexia-3, Onix va Damas rusumli avtomobillar to‘qnashuvi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Hodisa oqibatida Nexia-3 haydovchisi va ikki yo‘lovchiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






