AsosiyDunyo

Trump Kanadaga 100 foizlik boj bilan tahdid qildi.

AQSh prezidenti Donald Trump Kanada Xitoy bilan savdo kelishuvi tuzadigan bo‘lsa, Kanada tovarlariga 100 foizlik tarif joriy etilishini ma’lum qildi.

'Trump Kanadaga 100 foizlik boj bilan tahdid qildi.'ning rasmi

Donald Trump bu haqda Truth Social'dagi sahifasida yozib, Kanada Xitoy bilan yaqinlashsa, AQShga kiradigan barcha Kanada mahsulotlariga darhol 100 foizlik boj solinishini aytdi.

Bunga javoban Kanada savdo vaziri Dominik Leblan mamlakat Xitoy bilan erkin savdo bitimi tuzishga intilayotganini bildirdi. Shunga qaramasdan, Kanada bosh vaziri Mark Karney yaqinda Pekin'ga tashrif buyurib, qator iqtisodiy kelishuvlarni imzolagani AQSh–Kanada munosabatlarida keskinlikni kuchaytirdi.

Avvalroq Trump Kanada va Xitoy o'rtasidagi hamkorlikni qo'llab-quvvatlagan edi, biroq Karneynig' Davosdagi chiqishidan so'ng Vashington pozitsiyasi o'zgardi.

    Boshqa yangiliklar