AsosiyBu qiziq

Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

25 yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi.

'Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi'ning rasmi

Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-4° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chishi havfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi ba’zi joylarda, 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° sovuq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar