AsosiyJamiyat

Россиялик генерални ўлдиришда айбланган ўзбекистонлик умрбодга қамалди

Shuningdek, unga 1 million rub' miqdorida jarima belgilandi.

'Россиялик генерални ўлдиришда айбланган ўзбекистонлик умрбодга қамалди'ning rasmi

Rossiyaning 2-Gʻarbiy harbiy okrug harbiy sudi sudyalari hayʼati general-leytenant Igor Kirillov halok boʻlgan teraktni sodir etganlikda ayblangan Ahmad Qurbonovga umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Shuningdek, unga 1 million rubl miqdorida jarima belgilandi. Bu haqda RBC xabar berdi.

Nashrga koʻra, portlovchi moddani yetkazib bergan Ozarbayjon fuqarosi Robert Safaryan 25 yilga qatʼiy tartibli koloniyaga hukm qilingan, shundan dastlabki 9 yilini qamoqxonada oʻtaydi. Qurbonovga turar-joy ijaraqa bergan Ingushetiya fuqarolari Batuxan Tochiev va Ramazon Padievga mos ravishda 22 yil (dastlabki 8 yili qamoqxonada) va 18 yil (dastlabki 6 yili qamoqxonada) ozodlikdan mahrum qilish jazosi, shuningdek 200 ming rubl miqdorida jarima tayinlangan.

Ayblanuvchilarga ish doirasida oʻz rollariga qarab terrorchilik hamjamiyatini tashkil etish va unda ishtirok etish, teraktni tayyorlash, shuningdek portlovchi moddalarni noqonuniy aylantirish va portlovchi qurilma yasash ayblovlari qoʻyilgan. Sud munozaralari chogʻida prokuror Nadejda Tixonova Qurbonovni umrbod qamoq jazosiga, Safaryanni 28 yilga, Tochievni 26 yilga, Padievni esa 24 yilga qatʼiy tartibli koloniyaga hukm qilishni soʻragan.

Nashrga koʻra, Qurbonov aybini tan olib, tergov bilan faol hamkorlik qilgan. Boshqa ayblanuvchilar esa Qurbonovning terrorchilik faoliyatiga aloqadorligini bilmaganini maʼlum qilgan. Tochiev va Padiev sudda faqat kvartirani ijaraqa berish bilan shugʻullanganini aytgan, Safaryan esa u yetkazgan pochta-da nima borligidan behabar boʻlganini bildirgan.

Tergov versiyasiga koʻra, 2024 yil 17 dekabr kuni Oʻzbekiston fuqarosi Qurbonov Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXH) topshirigʻiga binoan general Kirillov yashagan uyning kirish qismiga rulida masofadan boshqariladigan bomba oʻrnatilgan elektro-samokatni qoldirgan. Shundan soʻng terakt ijrochisi ijaraqa olingan avtomobilga oʻtirib, boʻlayotgan voqealarni Ukrainaga jonli efirda uzatgan. General Igor Kirillov va uning yordamchisi mayor Ilya Polikarpov uyidan chiqqan paytda portlash sodir boʻlib, ikki zabit ham halok boʻlgan.

Rossiya Tergov qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, harbiy xizmatchilarni portlatib oʻldirgani uchun Qurbonovga 100 ming dollar, yangi hujjatlar va Yevropa Ittifoqi davlatlaridan birida yashash uchun ruxsatnoma vaʼda qilingan. Biroq u bu mukofotni ololmagan, chunki portlashdan bir necha soat oʻtib qoʻlga olingan. Shundan soʻng Vladimir shahrida Safaryan ham qoʻlga olingan. Tergov iddaosiga koʻra, u Polshadan olib kelingan bombani Qurbonovga topshirgan. Dastlab unga faqat portlovchi moddalarni noqonuniy aylantirish aybi qoʻyilgan, biroq Moskvaga olib kelingach, teraktda ishtirok etganlik boʻyicha ham ayblov qoʻyilgan. Keyinroq, 2025 yil yanvarida Batuxan Tochiev va Ramazon Padiev ham hibsga olingan. Ish materiallariga koʻra, ular Qurbonovni portlashdan keyin yashirinishga uringan kvartira bilan taʼminlagan.

Rossiya tergovi maʼlumotlariga koʻra, UXH terakt tayyorgarligini USDT steyblkoinlari (muayyan valyuta kursiga bogʻlangan kriptoaktivlar) orqali moliyalashtirgan. Dastlabki bosqichda Qurbonov 5 ming USDT olgan. 2024 yilda bu 404,8 ming rublga teng boʻlgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:38

    'Turkiyadagi ayollar koloniyasiga o‘zbek adabiyotlari to‘plami taqdim etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:00

    Turkiyadagi ayollar koloniyasiga o‘zbek adabiyotlari to‘plami taqdim etildi

    Ayni paytda ushbu yopiq turdagi ayollar jazoni ijro etish koloniyasida saqlanayotgan o‘zbekistonliklarning ahvoli o‘rganildi.

    'Endi tekshiruvchi tashkilotlar reytingi e'lon qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:09

    Endi tekshiruvchi tashkilotlar reytingi e'lon qilinadi

    Biznes-ombudsman nazorat qiluvchi organlar faoliyatini baholash mezonlarini ochiqladi.

    'Oʻzbekistonda dollar kursi yana koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:01

    Oʻzbekistonda dollar kursi yana koʻtarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Uzbekistan Airways samolyoti Krasnoyarskka favqulodda qoʻndi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:14

    Uzbekistan Airways samolyoti Krasnoyarskka favqulodda qoʻndi

    Reyslarining keyingi harakat jadvali va batafsil ma’lumotlar qo‘shimcha ravish e’lon qilinishi ta’kidlandi.