“Uzbekistan Airports” ma’lumotiga ko‘ra, ushbu reyslardan 92 480 tasi xalqaro, 36 492 tasi esa ichki yo‘nalishlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Yo‘lovchilar soni 2024 yilga nisbatan 15 foizga ko‘paygan.
Yuk tashish sohasida ham o‘sish kuzatilgan: 2025 yilda aeroportlarda 98 137 tonna yuk va pochta qayta ishlangan, bu 2024 yilga nisbatan 12 foizga ko‘pdir.
Shuningdek, mamlakata “Air China”, “China Eastern”, “Korean T’Way” va “Air Asia” kabi to‘rtta xorijiy aviakompaniya jalb qilingan.






