Kobulning Shahri-Nav hududida joylashgan xitoyliklar tomonidan boshqariladigan restoranda portlash sodir bo‘ldi. Shahar politsiyasi vakili Xolid Zadrangga ko‘ra, hujum uchun javobgarlikni “Islomiy davlat” (ISHID) guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida bir nafar Xitoy fuqarosi va olti nafar mahalliy aholi halok bo‘lgan, yana besh kishi jarohat olgan. Restoran xitoy musulmon jamoasiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lib, uni xitoylik musulmon Abdul Majid, uning rafiqasi va afg‘onistonlik hamkori Abdul Jabbor Mahmud boshqargan.
ISHIDning Afg‘onistondagi bo‘limi hujum xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilganini ma’lum qildi. Xitoy TIV vakili Go Tszyakun portlashda besh nafar Xitoy fuqarosi jarohatlanganini aytdi. Pekin Afg‘oniston hukumatidan jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatish, fuqarolar va investitsiyalar xavfsizligini ta’minlash hamda voqeani to‘liq tergov qilishni so‘ragan.






