AsosiyDunyo

Qozog‘istonda vitse-prezident lavozimi joriy etiladi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda yangi — Respublika vitse-prezidenti lavozimi tashkil etilishini ma’lum qildi.

'Qozog‘istonda vitse-prezident lavozimi joriy etiladi'ning rasmi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 20 yanvar kuni Milliy qurultoydagi nutqi davomida mamlakatda vitse-prezident lavozimi joriy etilishini e’lon qildi. Bu haqda “Nur Kazakhstan” xabar berdi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, vitse-prezident prezident tomonidan parlament roziligi bilan tayinlanadi. Yangi lavozim egasi prezident topshirig‘iga binosan xalqaro forumlarda va xorijiy delegatsiyalar bilan muzokaralarda Qozog‘iston manfaatlarini ifodalashi, parlamentda prezident pozitsiyasini himoya qilishi hamda mahalliy va qo‘shma ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, madaniy va ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, vitse-prezident davlat rahbari tomonidan berilgan boshqa topshiriqlarni ham bajaradi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, vitse-prezidentning xizmat vakolatlariga oid ushbu qoidalar mamlakat Konstitutsiyasida o‘z aksini topishi lozim.

Yangi lavozim joriy etilishi munosabati bilan boshqaruv tizimida qator o‘zgarishlar ham rejalashtirilgan. Xususan, davlat maslahatchisi lavozimi tugatiladi, shuningdek, parlament faoliyatini ta’minlovchi ayrim apparat tuzilmalarini qisqartirish ko‘zda tutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar