AsosiySiyosat

Aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarining borishi ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyevga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarining borishi yuzasidan axborot berildi.

'Aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarining borishi ko‘rib chiqildi.'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Ushbu tadbir mamlakatimizda demografik jarayonlar, mehnat resurslari, ijtimoiy infratuzilma va hududiy rivojlanishni ilmiy asosda rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ro‘yxatga olish jarayonlari xalqaro standartlar asosida, zamonaviy raqamli echimlardan foydalangan holda amalga oshirilmoqda.

Ro‘yxatga olish joriy yilning 15 yanvaridan 28 fevraligacha ikki bosqichda o‘tkazilmoqda. 15-31 yanvar kunlari davom etadigan birinchi bosqichda fuqarolar maxsus axborot tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Ikkinchi bosqichda esa 4-28 fevral kunlari “mahalla yettilig”i xodimlari tomonidan uyma-uy yurib, savolnomala r planchet qurilmalari orqali to‘ldiriladi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayonlari census.stat.uz portalida amalga oshirilib, OneID tizimi orqali identifikatsiya qilinishi belgilangan. Barcha ma’lumotlar geoaxborot tizimi asosida monitorinq qilinmoqda. Shu maqsadda respublika bo‘yicha 7,6 milliondan ortiq xonadon va turar joylarning geomanzillari shakllantirildi, jarayonlarni real vaqt rejimida kuzatib borish imkoniyatini beruvchi maxsus monitoriq d ashbordlari ishlab chiqildi.

Fuqarolar tomonidan taqdim etiladigan barcha ma’lumotlar qonunchilik talablariga muvofiq himoya qilinadi, shaxsiy ma’lumotlar maxfiy saqlanadi va faqat statistik maqsadlarda qo‘llaniladi.

Ro‘yxatga olish tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun 14 ta hududiy va 208 ta tuman va shahar shtablari tashkil etildi. 60 ming nafarga yaqin ro‘yxatga oluvchi xodimlar tayyorlandi. Jumladan, 54 ming nafar “mahalla yettilig”i vakillari, 2,6 ming zaxira xodimlar hamda 4 ming nafar hududiy shtab a’zolari jarayonga jalb etildi. Shuningdek, vazirlik va idoralardan 480 nafar trener, oliy ta’lim muassasalaridan 3200 nafar volonter o‘quvdan o‘tkazildi.

Aholini xabardor qilish va targ‘ibot ishlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 110 ta targ‘ibot videoroligi, 600 ta televizion lavha tayyorlandi, ijtimoiy tarmoqda 6,3 mingta, aholi gavjum joylar va jamoat transportlarida 23 mingdan ziyod axborot materiallari joylashtirildi.

Qayd etilganidek, bugungi kungacha maxsus portal orqali 2,48 million xonadon hamda 31 mingta fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari ro‘yxatga olindi.

Davlatimiz rahbari aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini sifatli o‘tkazish, ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash va ulardan qaror qabul qilish jarayonlarida keng foydalanish muhimligini ta’kidladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident ipakchilikni rivojlantirish bo‘yicha yangi chorani ko‘rib chiqdi'ning rasmi

    Siyosat 17.02.2026 12:53

    Prezident ipakchilikni rivojlantirish bo‘yicha yangi chorani ko‘rib chiqdi

    Shavkat Mirziyoyev ipakchilik va pillachilik sohasini rivojlantirish yuzasidan takdimot bilan tanishdi.

    'Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya delegatsiyasini qabul qildi.'ning rasmi

    Siyosat 17.02.2026 12:32

    Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya delegatsiyasini qabul qildi.

    17 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon boʻyicha savdo vakili lord Jon Olderdaysni qabul qildi.

    'Prezident AQSHga tashrif buyuradi'ning rasmi

    Siyosat 17.02.2026 03:16

    Prezident AQSHga tashrif buyuradi

    O‘zbekiston yetakchisining Qo‘shma Shtatlarga tashrifidan nima kutilmog‘da?

    'Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun yangi mexanizmlar joriy etilmoqda'ning rasmi

    Siyosat 09.02.2026 15:14

    Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun yangi mexanizmlar joriy etilmoqda

    Президентнинг 2026 йил 4 февральдаги фармонига мувофиқ, 1 июлдан республика ва ҳудудий бозорлар таҳлили асосида ўзлаштириш тавсия этиладиган рақобатбардош маҳсулотлар рўйхати босқичма-босқич шакллантириб эълон қилинади.

    'Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

    Siyosat 07.02.2026 13:28

    Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

    Muhokamalar samarali va istiqbolga yo‘naltirilgan tarzda o‘tdi, dedi yozdi Saida Mirziyoyeva.

    'Oʻzbekiston va Pokiston prezidentlari Islomobodd muzokara oʻtkazdi'ning rasmi

    Siyosat 06.02.2026 09:45

    Oʻzbekiston va Pokiston prezidentlari Islomobodd muzokara oʻtkazdi

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islomobod shahriga davlat tashrifi doirasida Pokiston Islom Respublikasi prezidenti Asif Ali Zardari bilan tor doira va delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdi.