AsosiyDunyo

Pierce Morgan Trumpning Grenlandiya rejalariga kinoya bilan javob qaytardi.

Britaniyalik jurnalist Pirs Morgan AQSh prezidenti Donald Trumpning Grenlandiya haqidagi bayonotlarini maskhara qilib, Buyuk Britaniya Qoʻshma Shtatlarni "qayta sotib olishi" kerakligini aytdi.

'Pierce Morgan Trumpning Grenlandiya rejalariga kinoya bilan javob qaytardi.'ning rasmi

Donald Trumpning Grenlandiyani AQSh tarkibiga qo‘shish haqidagi fikrlariga munosabat bildirgan Pirs Morgan X ijtimoiy tarmog‘ida kinoyali bayonot berdi. Bu haqda Zamon.uz nashri xabar berdi.

Uning yozishicha, agar AQSh Grenlandiyani sotib olishni o‘ylayotgan bo‘lsa, Buyuk Britaniya ham AQShni sotib olishga "haqli".

Jurnalist bu orqali Trumpning milliy xavfsizlikka oid da’volarini mantiqsiz, deb baholagan. Morgan, shuningdek, AQShning Britaniya tarkibiga qo‘shilishi Shimoliy Atlantika xavfsizligini mustahkamlashi mumkinligini ta’kidlab, buni tarixiy ishora bilan izohlagan.

Ma’lumot uchun, Grenlandiya Daniya qirolligi tarkibiga kiradi va Kopengagen rasmiylari orolning hududiy maqomi muhokama qilinmasligini bir necha bor ta’kidlagan.

    Boshqa yangiliklar