Ferdinandning podkastida aytilishicha, birinchi kechada u va oilasi yerto‘lagaga tushishga tavsiya qilingan va u yerda uxlagan. “Shovqin biroz qo‘rqinchli edi, lekin men o‘zimni xavfsiz his qildim. Studiya mening bunkerimga aylandi”, — deydi sobiq futbolchi.
Eng qiyin vazifa — bolalarga vaziyatni tushuntirish bo‘lgan. Ferdinand rafiqasi Keyt ham Instagramda oilaning hozir xavfsiz ekanini bildirgan.
Rio Ferdinand 2002–2014 yillarda “Manchester Yunayted” safida o‘ynagan, olti marta Angliya Premer-ligasi, to‘rt marta Superkubok, shuningdek, UEFA Chempionlar ligasi va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan.






