AsosiyDunyo

"Dangal" filmi qanday qilib dunyo rekordini o'rnatdi?

Hind kinosida "Baahubali" yoki "Pushpa" kabi yirik loyihalar bor. Ammo dunyo bo'yicha eng katta daromad keltirgan film deganida bir nom tilga olinadi. Bu nom "Dangal".

'"Dangal" filmi qanday qilib dunyo rekordini o'rnatdi?'ning rasmi

2016 yilda suratga olingan ushbu kartina jahon prokatida 236 million dollardan ortiq mablag‘ jamg‘arib, hind filmlari orasida rekord natija qayd etdi. Film nafaqat Hindistonda, balki ayniqsa Xitoyda ham katta muvaffaqiyat qozongan.

"Dangal" real voqealar asoslangan sport dramasi bo‘lib, sobiq kurashchi Mahavir Singx Fogatning qizlarini chempion darajasiga olib chiqish yo‘lidagi qat‘iyati haqida hikoya qiladi. Oddiy, ammo ta’sirli syujet — orzu, intizom va matonat mavzusi tomoshabinga yaqin bo‘ldi.

Tanqidchilar filmni samimiy ruh va kuchli aktyorlik uchun maqtagan. Ayrim bahs-munozaralarga qaramay, "Dangal" befarq qoldirmadi va global auditoriyani zabt eta oldi.

    Boshqa yangiliklar