INSA instituti o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, respondentlarning 47 foizi AQSH Grenlandiyani kuch ishlatib egallagan taqdirda Germaniya AQShda o‘tkaziladigan Jahon chempionatini boykot qilishi kerak, deb hisoblagan.
35 foiz ishtirokchi bunga qarshi ekanini bildirgan, 18 foizi esa aniq pozitsiyani tanlamagan.
Bundestagdagi CDU/CSU fraktsiyasi vakili Yurgen Xardt bunday holatda turnirni boykot qilish masalasini haddan tashqari keskin chora sifatida baholagan. Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSh, Meksika va Kanada mezbonligida o‘tkaziladi.






