AsosiyJamiyat

Harbiy xizmatchilarning oyliklari oshiriladi

1 apreldan boshlab ofitserlar ustamasi 2 barobarga, askar va serjantlar maoshi 10 foizga ko‘tariladi.

'Harbiy xizmatchilarning oyliklari oshiriladi'ning rasmi

O‘zbekistonda 1 apreldan e’tiboran Mudofaa vazirligi tizimida xizmat qilayotgan harbiylar uchun oylik maosh va ustamalar oshiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 13 yanvar kuni Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ko‘p yillik xizmatga ega ofitserlarning ustamasi 2 karraga oshiriladi. Kontrakt asosida xizmat qilayotgan oddiy askar va serjantlarning oylik maoshi esa 10 foizga ko‘paytiriladi.

Shuningdek, hududiy mudofaa ishlari boshqarmalari va bo‘limlarida ishlovchi harbiy bo‘lmagan xizmatchilar oyligi joriy yilda 20 foizga, kelasi yil esa yana 50 foizga oshirilishi belgilandi.

Bundan tashqari, Qurolli Kuchlarda 30 yildan ortiq xizmat qilgan harbiylar uchun pensiya hisoblanganda inobatga olinadigan oylik miqdori 75 foizdan 100 foizga yetkaziladi. Harbiy xizmatchilar uchun uy-joy qurilishi kengaytiriladi.

Mas’ul idoralarga harbiy xizmatchilarning pensiya ta’minotiga oid qonun loyihasini ishlab chiqib, parlamentga kiritsh topshirildi.

    Boshqa yangiliklar