AsosiyDunyo

Trump Venesuelaning yangi rahbari bilan ilk bor muloqot qildi

AQSh prezidenti Donald Trump Venesuelaning muvaqqat yetakchisi Delsi Rodriges bilan telefon orqali gaplashib, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

'Trump Venesuelaning yangi rahbari bilan ilk bor muloqot qildi'ning rasmi

14 yanvar kuni Venesuelaning muvaqqat yetakchisi Delsi Rodriges AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi. Rodrigesning ma’lum qilishicha, suhbat uzog, samarali va do‘stona ruhda o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar o‘zaro hurmat muhitida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik kun tartibi hamda hal etilmagan masalalarni muhokama qilgan. Donald Tramp ham bu Rodriges tayinlanganidan beri o‘tkazilgan ilk suhbat ekanini ta’kidlab, uni “ajoyib inson” deb atagan.

AQSh rahbari Truth Social sahifasida ham ushbu qo‘ng‘iroqni “juda yaxshi telefon suhbati” deb baholab, neft, foydali qazilmalar, savdo va milliy xavfsizlik kabi masalalar muhokama qilinganini qayd etgan. Uning ta’kidlashicha, AQSh Venesuelaning barqarorlashuvi va tiklanishiga yordam berish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, 3 yanvar kuni AQSh Venesuelada maxsus operatsiya o‘tkazib, mamlakat yetakchisi Nikolas Maduro va uning rafiqasini qo‘lga olgan edi. 4 yanvar kuni esa Delsi Rodriges Venesuelaning muvaqqat rahbari etib tayinlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Germaniya, Shvetsiya va Norvegiya Grenlandiyaga qo‘shin yuboradi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:43

    Germaniya, Shvetsiya va Norvegiya Grenlandiyaga qo‘shin yuboradi

    NATO davlatlari razvedka missiyasi doirasida Arktikada xavfsizlikni o‘rganishni rejalashtirmoqda.

    'AQSh Gʻazo boʻyicha rejani ikkinchi bosqichga oʻtkazdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:39

    AQSh Gʻazo boʻyicha rejani ikkinchi bosqichga oʻtkazdi

    Vashington G‘azodagi urushni tugatishga qaratilgan strategik rejaning ikkinchi bosqichi boshlanganini e’lon qildi, biroq birinchi bosqichdagi asosiy bandlar hanuz bajorilmagan.

    'BMT Xavfsizlik Kengashi Erondagi vaziyatni muhokama qiladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 05:49

    BMT Xavfsizlik Kengashi Erondagi vaziyatni muhokama qiladi

    Yig‘ilish AQSh tashabbusi bilan 15 yanvar kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi.

    'Eron AQSh hujumi ehtimoliga javoban qo‘shni davlatlarni ogohlantirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:25

    Eron AQSh hujumi ehtimoliga javoban qo‘shni davlatlarni ogohlantirdi

    Eron rasmiylari AQSh tomonidan harbiy hujum amalga oshirilsa, mintaqadagi Amerika harbiy bazalari nishonga olinishi mumkinligini bildirdi.

    'Xitoy kompaniyalariga AQSH va Isroil kiberxavfsizlik dasturlaridan foydalanish taqiqlandi'ning rasmi

    Dunyo 14.01.2026 15:09

    Xitoy kompaniyalariga AQSH va Isroil kiberxavfsizlik dasturlaridan foydalanish taqiqlandi

    Pekin mazkur qarorni milliy xavfsizlik bilan bog‘liq xavotirlar bilan izohlashmoqda.

    'Таиландда йўловчи поезди устига кран қулаб тушди'ning rasmi

    Dunyo 14.01.2026 08:09