AsosiyJamiyat

Тайланддаги аварияда 2 нафар ўзбекистонлик жарoҳатланди

Таиланднинг Пхукет оролида ичида 3 нафар Ўзбекистон фуқароси ҳам бўлган картер ҳалокатга учради.

'Тайланддаги аварияда 2 нафар ўзбекистонлик жарoҳатланди'ning rasmi

Kuni kecha Tailandning Phuket orolida halokatga uchragan katerda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi ham bo‘lgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida ularning 2 nafari yengil jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda jabrlangan fuqarolar to‘liq sog‘ayib ulgurgan va shifoxonadan chiqarilgan.

Shuningdek, jabrlanganlarning barcha tibbiy va boshqa zarur xarajatlari katerga egalik qiluvchi kompaniyaning sug‘urta mablag‘lari hisobidan to‘liq qoplab berilgan, deyiladi habarda.

Hodisa yuzasidan O‘zbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi obyektlari hamda sog‘ligni saqlash muassasalari bilan doimiy aloqada bo‘lgani qo‘shimcha qilindi.

    Boshqa yangiliklar